Asosiy kontentga o'tish
Bosh sahifaga

Maxfiylik siyosati

1. Umumiy qoidalar

1.1. Mazkur Maxfiylik siyosati (keyingi o‘rinlarda – Siyosat) Foydalanish kelishuviga ilova bo‘lib, Foydalanuvchi «RSID axborot tizimi»dan (keyingi o‘rinlarda – Servis) foydalanish paytida «REALSOFT» MCHJ (keyingi o‘rinlarda – REALSOFT) tomonidan uning shaxsiy ma’lumotlariga nisbatan qo‘llaniladi.

1.2. Servisni ishlatishdan oldin Foydalanuvchi, Foydalanish Kelishuvining shartlari bilan tanishishi bilan birga, mazkur Siyosat shartlari bilan ham to'liq tanishib chiqishi kerak.

1.3. REALSOFT Foydalanuvchi tomonidan shaxsga doir ma’lumotlarning uchinchi shaxsga berilishi oqibatlari uchun javobgar emas, agar bu holat uchinchi tomonning axborot resursida amalga oshirilgan bo'lsa.

1.4. Servisdan foydalanish Foydalanuvchining ushbu Siyosatga hamda Foydalanuvchining mobil qurilmasidan va tashqi axborot resurslaridan olingan shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berish shartlariga so‘zsiz roziligini anglatadi.

1.5. Ushbu Siyosat shartlari bilan rozi bo‘lmagan taqdirda, Foydalanuvchi Servisni ishlatishdan zudlik bilan voz kechishi kerak.

1.6. Ushbu Siyosatdagi atamalar va ta’riflar O‘zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonuni hamda Foydalanish kelishuviga muvofiq qo‘llaniladi.

2. REALSOFT tomonidan yig'iladigan va ishlov beriladigan shaxsga doir ma’lumotlar tarkibi

2.1. Servisning funksional maqsadiga muvofiq, quyidagi Foydalanuvchi ma’lumotlariga avtomatlashtirilgan tarzda ishlov beriladi:

a) Servisda ro‘yxatdan o‘tishda Foydalanuvchi o‘zi mustaqil ravishda taqdim etadigan shaxsga doir ma’lumotlar:

pasportning seriyasi va raqami, ID karta raqami yoki JSHSHIR;

tug'ilgan sana;

mobil telefon raqami;

biometrik ma'lumotlar (shaxsni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi yuz qiyofasi rasmi va anatomik xususiyatlar).

b) Vakolatli davlat organlarining axborot tizimlariga so‘rov yuborish orqali olingan shaxsga doir ma’lumotlar:

raqamli fotoportret;

jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR);

pasportning seriyasi va raqami yoki ID karta raqami;

tug'ilgan sana, pasport/ID karta berilgan sana va uning amal qilish muddati;

davlat tilida familiyasi, ismi, otasining ismi (lotin yozuvida) hamda ingliz tilidagi ism-sharifi;

jinsi, millati, fuqaroligi va hayot statusi;

pasport yoki ID karta berilgan joy, tug'ilgan davlati va joyi;

yashash joyida ro'yxatdan o'tganligi to'g'risidagi ma'lumotlar.

c) Foydalanuvchi tomonidan Servisdan foydalanish jarayonida avtomatik ravishda REALSOFT kompaniyasiga yuboriladigan ma’lumotlar:

Foydalanuvchi qurilmasi haqidagi ma’lumotlar (qurilma modeli, operatsion tizim versiyasi, IP manzil, qurilmaning unikal identifikatorlari);

identifikatsiya va autentifikatsiya qilish uchun amalga oshirilgan harakatlarning turi va holati (muvaffaqiyatli, muvaffaqiyatsiz), amalga oshirilgan harakatlar sanasi va vaqti.

2.2. Foydalanuvchining barcha shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berish Servis tomonidan avtomatlashtirilgan rejimda amalga oshiriladi.

3. Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish va ishlov berish maqsadlari

3.1. Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma’lumotlariga (shu jumladan biometrik ma'lumotlariga) ishlov berish tuzilgan Foydalanish kelishuvi doirasida, jumladan quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:

Foydalanuvchini haqiqiy identifikatsiyalash va autentifikatsiya qilish;

Servis bilan integratsiyalashgan uchinchi shaxslarning axborot resurslariga kirish huquqini taqdim etish;

Servisdan foydalangan holda qonunchilik va ushbu Siyosat talablariga zid bo‘lgan harakatlarni aniqlash hamda oldini olish;

Foydalanuvchi shaxsini tekshirish jarayonining xavfsizligi va ishonchliligini ta'minlash;

ma'lumotlarni egasizlantirish sharti bilan statistik va boshqa analitik tadqiqotlar o‘tkazish.

3.2. Shaxsga doir ma’lumotlarni saqlash ularni yig‘ish chog‘ida bildirilgan maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan muddat davomida amalga oshiriladi.

4. Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish shartlari

4.1. Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berish O‘zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonuni va sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.

4.2. REALSOFT shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash, yaxlitligini saqlash, qonunga xilof ravishda ishlov berilishining va uchinchi shaxslarga tarqalishining oldini olish uchun barcha zarur huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni ko‘radi.

4.3. Shaxsga doir ma’lumotlarga (jumladan, biometrik ma'lumotlarga) ishlov berish faqat Foydalanuvchining (subyektning) elektron shakldagi ruxsati (roziligi) olingan taqdirdagina amalga oshiriladi.

4.4. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlari jismonan O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan serverlarda va shaxsga doir ma'lumotlar bazalarida saqlanadi hamda ularga ishlov beriladi (Qonunning 27-1-moddasi talabiga asosan).

4.5. REALSOFT Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlarini faqat quyidagi holatlarda uchinchi shaxslarga taqdim etishi (berishi) mumkin:

Foydalanuvchining roziligi bilan Servis orqali integratsiyalashgan axborot resurslariga identifikatsiya statusi va kerakli ma’lumotlarni taqdim etish jarayonida;

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda hamda vakolatli davlat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning rasmiy talabiga asosan.

5. Foydalanuvchining (Subyektning) huquq va majburiyatlari

5.1. Foydalanuvchi (Subyekt) quyidagi huquqlarga ega:

o‘zining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berish to‘g‘risidagi axborotni talab qilish va olish;

agar shaxsga doir ma’lumotlar to‘liq bo‘lmasa, eskirgan yoki noaniq bo‘lsa, ularni o‘zgartirishni yoki to'ldirishni talab qilish;

o‘z shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berish uchun berilgan rozilikni belgilangan tartibda chaqirib olish;

ishlov berish maqsadiga erishilganda yoki qonunga xilof ravishda olingan bo'lsa, ma'lumotlarni yo'q qilishni talab qilish.

6. Shaxsga doir ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga berish tartibi

6.1. Servisda Foydalanuvchiga uning shaxsga doir ma’lumotlarini uchinchi shaxslarning axborot resurslariga uzatishdan oldin (rozilik olish vaqtida) quyidagi ma’lumotlar ochiq ko'rsatiladi:

Shaxsga doir ma’lumotlar taqdim etilayotgan axborot resursining (uchinchi shaxsning) nomi;

Uzatilayotgan shaxsga doir ma’lumotlarning aniq ro‘yxati.

6.2. Foydalanuvchi ko‘rsatilgan axborot resursiga (uchinchi shaxsga) doimiy ruxsat bergan taqdirda, qayta murojaat qilinganda shaxsga doir ma’lumotlar takroriy so‘rovsiz avtomatik shaklda taqdim etilishi mumkin.

7. Siyosatga o‘zgartirishlar kiritish

7.1. REALSOFT o‘z xohishiga ko‘ra ushbu Siyosatga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega. Bu ayniqsa, shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishni tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi o‘zgarishlar tufayli yuzaga kelgan holatlarga taalluqlidir.

7.2. Yangi tahrirdagi Siyosat Servisda rasman e'lon qilingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. Kiritilgan o‘zgartirishlar bilan rozi bo‘lmagan taqdirda, Foydalanuvchi Servisdan foydalanishni zudlik bilan to‘xtatishi hamda ma'lumotlariga ishlov berish roziligini chaqirib olishi shart.